ЯНГИЛИКЛАР

04.07.2022
Domen nomlarini ID-karta va 1830-2-sonli JShShIR orqali roʻyxatdan oʻtkazishni hisobga olgan holda “UZ domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga kiritiladigan qo’shimcha va oʻzgartirishlar tasdiqlandi

LEX.uz saytida UZ domenidagi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning UZ domenini ro‘yxatdan o‘tkazishning huquqiy jihatlarini belgilovchi tahriri e’lon qilindi. O'zgartirish va qo'shimchalar 1-ilova va 2-ilovalarga ta'sir ko'rsatdi.

Nizom matniga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Nizom “UZ” domenidagi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi, shuningdek, faoliyati “UZ” domenidagi domen nomlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan shaxslarning munosabatlarini tartibga soladi.