ЯНГИЛИКЛАР

27.01.2024
Uz domen ma'muriyati xodimlari Open Data Challenge Xakatonida ishtirok etmoqda

Har yili o'tkaziladigan Xakaton innovatsiyalar, hamkorlik va foydali loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan makon.

Tanlov davomida jamoamiz ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda raqamli g‘oyalarni ishlab chiqadi va "Korruptsiyaga qarshi kurash" yo‘nalishida blockchain texnologiyalarini qo'llaydi va GitHub platformasida o'z kodlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, ular ochiq ma'lumotlardan foydalanish bo'yicha soha mutaxassislari bilan mahorat darsi, shuningdek, onlayn-vebinarlarda ishtirok etadilar.

Mazkur tadbir IT Park, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group tomonidan Statistika agentligi va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi ko'magida tashkil etilgan bo'lib, 26-28 yanvar kunlari "Yangi O'zbekiston" universitetida bo'lib o'tadi.