ЯНГИЛИКЛАР

21.05.2025 | 560
TOKEN.UZ UNIVERSAL BLOKCHEYN PLATFORMASI SEAMLESS MIDDLE EAST 2025 KO‘RGAZMASIDA

2025-yil 20–22-may kunlari Dubaydagi World Trade Centre'da raqamli savdo va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Seamless Middle East 2025 bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma 25 000 dan ortiq ishtirokchini, jumladan, dunyo bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, biznes va davlat vakillarini bir joyga jamladi. Google, Microsoft, Visa, Mastercard, Carrefour kabi kompaniyalar texnologiyalar va tijorat sohasidagi ilg‘or yechimlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Ishtirokchilar orasida — .UZ domeni Ma'muriyati ham bor bo‘lib, u ko‘rgazmada innovatsion loyiha — Token.uz platformasini taqdim etmoqda.

Token.uz — bu O‘zbekistonda biznes jarayonlari va davlat xizmatlarini optimallashtirish uchun yaratilgan milliy blokcheyn platformasi. Platforma Hyperledger Fabric yopiq tarmog‘i asosida, markazlashmagan fayl tizimi IPFS texnologiyasidan foydalangan holda ishlaydi va bu yuqori o‘tkazuvchanlik hamda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi.