ЯНГИЛИКЛАР

30.05.2025 | 350
TOKEN.UZ O‘zbekistonda rasmiy guvohnoma (patent) oldi

UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan Token.uz blokcheyn platformasi intellektual mulk sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi. Guvohnoma (patent) O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunga asosan berildi.

Token.uz — davlat tashkilotlari va biznes uchun mo‘ljallangan, Hyperledger Fabric va IPFS asosida yaratilgan innovatsion platforma.

Guvohnoma (patent) tizim arxitekturasi, integratsiya mexanizmlari va ma’lumotlarning haqiqiyligini smart-kontraktlar orqali tekshirish jarayonlarini qamrab oladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiy himoyani ta’minlaydi, bozor pozitsiyalarini mustahkamlaydi va xalqaro e’tirofga yo‘l ochadi.

Token.uz — oddiy IT mahsulot emas, balki mamlakatning raqamli kelajagida muhim rol o‘ynaydigan strategik loyiha.

Dastur mualliflari — .UZ domeni Ma'muriyati xodimlari: Ruzimurodov B.R., Qodirjonov S.Q., Gimranov A.I., Qudratov Sh.M., Kadi'rov A.A.