ЯНГИЛИКЛАР 
Token.uz blokcheyn platformasida turli formatdagi hujjatlarni to‘liq saqlash funksiyasi ishga tushirildi
Endilikda Token.uz platformasi foydalanuvchilari istalgan keng tarqalgan kengaytmadagi (PDF, DOCX, XLSX va boshqalar) hujjatlarning to‘liq versiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri blokcheynda yuklab saqlashlari mumkin. Bu har bir fayl markazlashmagan muhitda qayd etilishi sababli, ma’lumotlarni o‘zgartirish, qalbakilashtirish yoki yo‘qotishning oldini oladi.
Kuzatuv tizimi va blokcheyn texnologiyasi yordamida har qanday tahrir yoki podmena urinishlari aniqlanadi. Bu esa fayllar haqiqiyligini oshkora va to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.
Yangi funksional imkoniyatlar quyidagilarni amalga oshirishga yo‘l ochadi:
-
hujjatni o‘zgarmas holatda uzoq muddat saqlash;
-
lokal qurilmalarda yo‘qotilgan fayllarni tiklash;
-
originalga himoyalangan havola orqali kirish taqdim etish (masalan, tekshiruv, audit yoki hamkorlar bilan almashish jarayonida);
-
hozirgi versiyani ilgari yuklangan original bilan avtomatik taqqoslash.
Barcha hujjatlar xesh qilinadi, shifrlanadi va vaqt tamg‘asi bilan ta’minlangan holatda tarqatilgan muhitda saqlanadi. To‘liq mazmun faqat yozuv egasi yoki u tomonidan vakolatlangan shaxslar uchun ochiq bo‘ladi. Bu esa saqlashni ishonchli qiladi hamda shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish talablariga to‘liq javob beradi.
Bu yechim hujjatlar bilan ishlaydigan va ularni noqonuniy o‘zgartirish, qalbakilashtirish yoki yo‘qotish xavflaridan himoya qilishni istagan barcha foydalanuvchilar uchun foydalidir.