ЯНГИЛИКЛАР

27.03.2023
Ikki davlat – O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi “.UZ” va “.AM” domen zonalari bo‘yicha hamkorlik memorandumi.

Bugun Yerevanda ikki davlat – O‘zbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasining vakillari “.UZ” va “.AM” domen zonalari bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar. Ikkala tomon ham ikki mamlakat uchun umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan bir qancha o‘zaro foydali sohalarni belgilab oldilar. Bu kabi memorandumning imzolanishi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

1995-yil 29-aprelda dunyoda yuqori darajadagi “.UZ” domeni paydo bo‘ldi. Aynan shu sana UzNet Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri milliy segmentining tug‘ilgan kuni hisoblanadi. 2003-yil mart oyidan boshlab “Yagona Integrator UZINFOCOM”  “.UZ” milliy domenining administratoriga aylandi. Bugungi kunga kelib, 100 mingdan ortiq faol domenlar mavjud.

Armaniston Respublikasining “.AM” milliy domeni 1994-yilda rasmiy ro‘yxatga olingan.