ЯНГИЛИКЛАР

24.06.2024
2 kunlik Markaziy Osiyo Internet boshqaruvi forumi CAIGF 2024 nihoyasiga yetdi

«Hilton» mehmonxonasida 2 kunlik Markaziy Osiyo Internet boshqaruvi forumi CAIGF 2024 yakunlandi. Unda Yevropa, Xitoy, Kanada va boshqa mamlakatlarning hukumatlari, biznes vakillari, xalqaro va nodavlat tashkilotlari, yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.

Forumning asosiy mavzulari: raqamli infratuzilma, Markaziy Osiyo uchun xavfsiz raqamli kelajak, innovatsiyalar davridagi tartibga solish. Tadbir doirasida yalpi majlislar, muhokamalar, shuningdek, raqamli loyihalar va IT-kompaniyalarning ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi.

Forumda UZINFOCOM jamoasi ham ishtirok etdi. Stendda xodimlarimiz loyihalar haqida ma’lumot berib, MyID Palm tizimi, Token.uz blokcheyn-platformasi, DNSSEC texnologiyasi, domen nomlari uchun NFT sertifikatlarining funksional imkoniyatlarini namoyish etdilar.