ЯНГИЛИКЛАР 
Blockchain Hackathon 2025 ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
Blockchain Hackathon 2025 ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga oz fursat qoldi! Agar siz o‘z kuchingizni sinab ko‘rmoqchi, ko‘nikmalaringizni namoyish etmoqchi va qimmatbaho sovrinlar uchun kurashmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.
Eslatib o‘tamiz, Blockchain Hackathon 2025 – bu jamoada ishlash, innovatsion yechimlar yaratish va IT hamjamiyatida o‘z o‘rningizni mustahkamlash uchun noyob imkoniyatdir. Ushbu yirik tadbirning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Tadbir sanasi: 27-28 aprel
Joy: Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Kongress-holli, Toshkent
Ro‘yxatdan o‘tish yakuni: 14 kun ichida
Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://token.uz/ru/hackathon
Tashkilotchi: Yagona integrator UZINFOCOM
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ko'magida
Tadbirga qo‘shiling – jamoangiz g‘olib bo‘lishga munosibligini isbotlang!