ЯНГИЛИКЛАР

21.04.2025 | 350
.UZ domenining 30 yilligi munosabati bilan Toshkentda RIPE NCC o‘quv treninglari — ro‘yxatdan o‘tish ochiq!

2025-yil 30-apreldan 2-maygacha Toshkentda Yagona integrator UZINFOCOM ko‘magida RIPE NCC o‘quv treninglari bo‘lib o‘tadi.

O‘tkazilish joyi: Courtyard by Marriott Tashkent

Dastur:

30-aprel — RIPE ma’lumotlar bazasi bo‘yicha trening
1-may — IPv6 xavfsizligi bo‘yicha trening
2-may — BGP marshrutlash xavfsizligi bo‘yicha trening

Har bir trening bir kun davom etadi va nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq va tizim administratorlari, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar hamda zamonaviy internet texnologiyalariga qiziqqan barcha shaxslar ishtirok etishga taklif etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://learning.ripe.net

Yangi bilim olish va tajriba almashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!