ЯНГИЛИКЛАР 
BLOCKCHAIN HACKATHON 2025 YAKUNLARI
Bugun, 28-aprel 2025-yil Toshkentda Blockchain Hackathon 2025 yakunlandi. Ushbu tadbir .UZ milliy domenining 30 yilligiga bag‘ishlangan O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir bo‘ldi.
Tadbir tashkilotchisi — Yagona integrator UZINFOCOM, hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ko‘magida o'tkazildi.
2 kun davomida O'zbekistonning turli viloyatlaridan 6 jamoa ta'lim, sog'liqni saqlash, fintech, ekologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish va kriptovalyutalar kabi sohalarda markazlashtirilmagan ilovalar (dApp) prototiplarini yaratdilar. Ishtirokchilar 5 kishigacha bo'lgan jamoalarda yoki individual tarzda ishlashdi va jamiyatga haqiqiy foyda keltiradigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqish qobiliyatini namoyish etdilar.
Taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Va blockchain industriyasidagi yetakchi IT mutaxassislari va IT ekspertlaridan iborat hakamlar hay'ati texnik bajarilishi, innovatsionligi, qonunlarga muvofiqligi va ijtimoiy ahamiyati kabi mezonlar asosida g'oliblarni aniqladilar.
G'oliblar quyidagilar bo'ldi:
1-o'rin — “RAKUN AI”
Sovrin: 50 000 000 so'm
2-o'rin — “SYLNVIN”
Sovrin: 30 000 000 so'm
3-o'rin — “SNRG Namangan”
Sovrin: 20 000 000 so'm
Hackathon nafaqat musobaqa, balki tajriba almashish, tarmoqlarni kengaytirish va ishtirokchilarga o'z startaplarini va innovatsion loyihalarini rivojlantirish uchun ajoyib platformaga aylandi.
Blockchain Hackathon 2025 O'zbekistonning blockchain texnologiyalari sohasidagi ulkan potensialini namoyish etdi va mamlakatning raqamli kelajagiga qarshi muhim qadam bo'ldi.