ЯНГИЛИКЛАР

24.10.2025 | 101
Dublinda ICANNning 84-yillik yig‘ilishi boshlanadi



2025-yil 25–30-oktabr kunlari Irlandiyaning Dublin shahrida ICANNning 84-yillik umumiy yig‘ilishi — ICANN84 Annual General Meeting bo‘lib o‘tadi.

Tadbir butun dunyodan hukumatlar, biznes vakillari, texnik va fuqarolik jamiyati a’zolarini global tarmoqni boshqarishning muhim masalalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi. Bu yilgi yig‘ilishda yuqori darajadagi domenlar dasturining yangi bosqichi (New gTLD) 2026-yil aprel oyida ishga tushirilishi, shuningdek kiberxavfsizlik va domen tizimidagi suiiste’molliklarga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Uchrashuv gibrid formatda — an’anaviy va onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Ishtirokchilarni plenar yig‘ilishlar, ishchi sessiyalar va ochiq muhokamalar kutmoqda, ular domen sanoatini rivojlantirish hamda internet ekotizimiga ishonchni mustahkamlashga bag‘ishlanadi.

.UZ domeni ma’muriyati tadbirda onlayn formatda ishtirok etib, global domen sanoatini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qiladi.