ЯНГИЛИКЛАР

07.03.2023
ICANN nomlari va internet manzillarini belgilash bo‘yicha xalqaro tashkilotning mintaqaviy vakili Mixail Anisev bilan Zoom-uchrashuvi

2023 yil 6-mart kuni UZINFOCOMda ICANN nomlari va internet manzillarini belgilash bo‘yicha xalqaro tashkilotning mintaqaviy vakili Mixail Anisev bilan ZOOM uchrashuvi o‘tkazildi.   
   
Muhokamadan ko‘zlangan maqsad ICANN hamjamiyati internet-korporasiyasi bilan “.UZ” domen zonasini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.   
   
Asosiy mavzu: DNSSEC texnologiyalari va domen zonasining sifatli ishlashi haqida. ICANN korporasiyasining xalqaro forumlarida ishtirok etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.   
   
Uchrashuv so‘nggida hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.