Domen nomi auktsion ma'lumotlari
Ko'p beriladigan savollar
-
Qaysi toifadagi domen nomlari auksionga qo'yiladi?
Domen nomlari to'rt toifaga bo'linadi: ikki belgili, uch belgili, to'rt belgili va premium domenlar -
Auksionda qatnashish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerak?
Auksionda qatnashish uchun jismoniy va yuridik shaxslar rasmiy birja veb-saytida ro'yxatdan o'tishi, shaxsiy kabinet ochishi va birja hisob raqamiga domenning boshlang‘ich narxining 10% miqdorida garov qo‘yishi kerak -
Qatnashchilar savdo haqidagi ma'lumotlarga qanday kirishadi?
Qatnashchilar auksion jarayoni va joriy takliflar haqidagi ma'lumotlarni o'zlarining shaxsiy kabinetlari orqali ko'rishlari mumkin. -
Domenning boshlang‘ich narxi nima?
Boshlang‘ich narx — bu auksiondagi domenning minimal narxi bo‘lib, auksion shu narxdan boshlanadi. U domen toifasiga (ikki belgili, uch belgili va h.k.) bog‘liq bo‘ladi va 1 yillik ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovini o‘z ichiga oladi. -
Domenning boshlang‘ich narxi va minimal taklif bosqichi qanday aniqlanadi?
Domenning boshlang‘ich narxi sotuvchi tomonidan belgilanadi va domen toifasiga bog‘liq bo‘ladi (ikki belgili, uch belgili, to‘rt belgili yoki premium-domen). Minimal taklif bosqichi boshlang‘ich narxning 10% ni tashkil qiladi. -
Auksion vaqtini uzaytirish uchun qanday choralar ko'riladi?
Agar oxirgi 10 daqiqada yangi yuqori taklif berilsa, auksion avtomatik ravishda yana 10 daqiqaga uzaytiriladi. Agar 10 daqiqa ichida yangi taklif bo'lmasa, auksion yakunlanadi. -
Auksion g'olibi qanday aniqlanadi?
Auksionda eng yuqori taklifni bergan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi. Agar faqat bitta taklif berilgan bo‘lsa, bu taklifni bergan ishtirokchi avtomatik ravishda g‘olib bo‘ladi. -
Auksionda g‘olib bo‘lgandan keyin nima qilish kerak?
G'olib domenning umumiy narxidan garov (10%) chiqarib tashlangan qoldiq summani 5 ish kuni ichida to'lashi kerak. To'lov amalga oshirilgandan so'ng, g'olib domen nomidan foydalanish huquqini oladi. -
Qanday hollarda auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi?
Auksionda birorta ham ishtirokchi qatnashmasa yoki barcha ishtirokchilar shartnoma tuzishdan bosh tortsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Bunday holatda, sotuvchi domenni qayta auksionga qo'yishga haqli. -
Auksionda yutqazsam, garov pulimni qaytarib olsam bo'ladimi?
Ha, garov puli qaytarib beriladi. Auksion tugagandan keyin 5 ish kuni ichida garov mablag'lari ishtirokchining bank hisobiga yoki kartasiga qaytariladi. -
Agar g'olib domenning to'liq narxini to'lamasa, nima bo'ladi?
Agar g'olib to'lovni o'z vaqtida amalga oshirmasa, shartnoma bekor qilinadi, g‘olibning garovi (boshlang‘ich narxning 10%) jarima sifatida birja hisobiga o‘tkaziladi. Shundan so'ng, huquq auksionda eng yuqori keyingi taklifni bergan ishtirokchiga o'tadi. -
Auksion davomida boshqa ishtirokchilarning takliflarini ko'rsam bo'ladimi?
Yo'q, boshqa ishtirokchilarning kimligi va ular bergan takliflar ko'rinmaydi. Faqat joriy eng yuqori narxni ko'rish mumkin. Barcha takliflar va ishtirokchilarning harakatlari blokcheyn tizimida yozib boriladi.
Call-markaz bilan bog'lanish uchun quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling: +99871-202-22-02 (ichki 716)