ЯНГИЛИКЛАР

01.08.2023
Moslashuvchan domen muddatlari: domen egalari uchun xavfsiz va qulay

.UZ domeni maʼmuriyati 2023-yil 1-avgustdan boshlab domen nomini yangilash shartlari o‘zgarishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qiladi. Endi foydalanuvchilar va Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarga o‘z domenlarini avvalgidek bir yil oldin emas, balki domen muddati tugashidan oldin istalgan vaqtda yangilash imkoniyati beriladi.

Domenni ro‘yxatdan o‘tkazishning maksimal muddati - 10 yil, bu domen egalariga o‘zlarining aktivligini saqlab qolishda qulaylik va ishonch beradi. Ushbu yangilanish domen egalarining talab va istaklari inobatga olingan holda qilinib, ularga o‘z domenlarini yangilash va boshqarish uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ushbu o‘zgarishning eng muhim jihati foydalanuvchilarga domen nomini yo‘qotish xavfini pasaytirish, ularning onlayn identifikatsiyasining barqarorligi va uzluksizligini taʼminlashdir.

.UZ domeni maʼmuriyati ushbu o‘zgarishlar foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga va domenni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlaridan qoniqish darajasini oshirishga yordam berishiga ishonadi.