ЯНГИЛИКЛАР

17.09.2023
UZINFOCOM jamoasi Digital Bridge Forumda

Qozog‘istonda 12—13-oktbyar kunlari Digital Bridge Forum tadbiri keng miqyosda o‘tkazildi.
 
Ushbu forum mavzusi: ARTIFICIAL AND HUMAN INTELLIGENCE: THЕ RIGHT BALANCE deb nom oldi.
 
UZINFOCOM jamoasi ham mazkur tadbirda ishtirok etib, Qozog‘istonning "MAT"AJ kompaniyasi bilan uchrashdi hamda uchrashuv mobaynida hamkorlik imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, UZINFOCOM loyihalari sanalgan: MyID, YAIDXP,  NFT, IT Villagelarni taqdim etishdi. 
 
Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Faoliyatning turli sohalarida blokcheyn texnologiyasini yaratish va joriy etish imkoniyatlari muhokama etildi. Tomonlar shu yo‘nalish bo‘yicha o'zaro hamkorlik bitimlari o'rnatdilar.