ЯНГИЛИКЛАР

30.01.2024
Open Data Challenge hakatoni natijalari

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida har yili bo‘lib o‘tadigan Open data Challenge Xakatoni IT parkda bo‘lib o‘tdi.
 
50 ta jamoaga bo‘lingan yosh mutaxassislar 4 ta (davlat, ijtimoiy, tadbirkorlik, hamda korrupsiyaga qarshi kurashish) yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish tanlovida bellashdilar.
 
⚡️ Tanlov natijalariga ko‘ra, jamoamiz “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo‘nalishi bo‘yicha boshqa jamoalar orasida yagona jamoa bo‘lib,  blokcheyn texnologiyasini qo‘llab, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Ular aholiga ko‘mak berishda shaffoflik va ishonchlilikni taʼminlaydigan xayriya yechimi prototipini yaratdilar.