ЯНГИЛИКЛАР
.UZ Domen Ma’muriyati domen industriyasining muhim voqealarini yoritish uchun rasmiy Telegram kanali "t.me/cctld" ni, @cctld nikneymi bilan ishga tushirdi.
Yangi "t.me/cctld" kanali .UZ domen zonasining barcha ish aspektlari bo‘yicha asosiy axborot manbai bo‘ladi.
@cctld nikneymi tasodifiy tanlanmagan, chunki CCTLD (country code Top-Level Domain) — bu ma’lum bir davlat uchun ajratilgan yuqori darajali domenni anglatadi.
Kanal O‘zbekistonning domen industriyasidagi mahalliy yangiliklar va domen nomlari bozoridagi global o‘zgarishlarga bag‘ishlanadi.
Kanaldagi muntazam yangilanishlar:
-
.UZ Domen Ma’muriyatining loyihalari va tashabbuslari, IPv6, blockchain texnologiyasi, Token.uz platformasi, DNSSEC va sun’iy intellektdan foydalanish kabi yangi texnologiyalarni joriy qilish, NFT sertifikatlari.
-
.UZ domen zonasidagi auktsion bilan bog‘liq qiziqarli voqealar.
-
Domen nomlari sohasidagi jahon tendensiyalari bo‘yicha eksklyuziv sharhlar.
-
Domen egalari uchun ta’limiy kontent, domenlar boshqaruvi, NFT sertifikatlari, DNSSEC texnologiyasi va boshqa mavzulardagi ko‘rsatmalar va tavsiyalar.
Bundan tashqari, domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish siyosatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tezkor xabarnomalar e’lon qilinadi.
.UZ domen zonasidagi va jahon internet industriyasidagi barcha muhim voqealardan xabardor bo‘lish uchun "t.me/cctld" Telegram kanaliga qo‘shiling.