ЯНГИЛИКЛАР
ICANN81 Annual General Meeting doirasida .UZ domeni ma'muriyati va ccNSO Kengashi a'zolari rais boshchiligida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Istanbul (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tgan ICANN81 Annual General Meeting asosiy tadbiri doirasida .UZ domeni ma'muriyati vakillari ICANN tashkilotining ccNSO kengashi raisi Alejandra Reynoso hamda kengash raisining o‘rinbosarlari Jordan Karter va Biyi Oladipo bilan samarali uchrashuv o‘tkazdilar.
Ma'lumot uchun: ccNSO (Country Code Names Supporting Organization) – bu ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers – Domen nomlari va IP-manzillarni boshqarish korporatsiyasi) doirasidagi qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot bo‘lib, mamlakat kodlari yuqori darajadagi domenlar (ccTLD – Country Code Top-Level Domains) bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv davomida .UZ domeni ma'muriyati vakillari domenlarni boshqarish imkoniyatlarini optimallashtirish va kengaytirish uchun sun’iy intellekt (AI) va blokcheyn asosida yaratilgan hozirgi yutuqlari va tashabbuslarini taqdim etdilar.
ICANN81 doirasida ccNSO rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv O‘zbekistonda domenlar sanoatini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. Hamkorlikning muhokama qilingan yo‘nalishlari, jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmani takomillashtirish, internet boshqaruvi sohasidagi yanada o‘sish uchun mustahkam asos yaratadi.