ЯНГИЛИКЛАР
UZINFOCOM O’zbekistonda kriptoaktivlar rivojlanishiga hissa qo’shmoqda
RISE Research tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni va dunyo bo‘yicha kriptoaktivlarni qabul qilish global indeksida 33-o‘rinni egallaydi.
Besh mamlakatni o‘rganish, bozor yetakchilari bilan intervyular va startaplarni tahlil qilish mintaqadagi raqamli ekotizimning tez rivojlanishini tasdiqladi. O‘zbekiston lisenziyalash, mayning, tokenizatsiya va kriptoaktivlar aylanishini tartibga solishni o‘z ichiga olgan kompleks normativ-huquqiy bazani yaratish bo‘yicha ajralib turadi.
Kriptoaktivlar rivojlanishida muhim hissa qo‘shayotgan tashkilotlardan biri bu Yagona integrator UZINFOCOM bo‘lib, u innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mamlakat raqamli iqtisodiyotining kelajagini belgilaydigan noyob loyihalarni amalga oshirmoqda.
Eng yorqin loyihalardan biri .UZ zonasi uchun domen nomlariga NFT-sertifikatlarning chiqarilishi bo‘ldi. 2023-2024-yillar davomida 1009 dan ortiq sertifikat chiqarilib, foydalanuvchilar uchun yuqori darajadagi shaffoflik va himoya ta’minlandi. Bu loyiha domen zonasi boshqaruvida blokcheyn-texnologiyalarining muvaffaqiyatli qo‘llanilishining birinchi namunalaridan biriga aylandi.
Yana bir muhim yutuq – Token.uz biznes va davlat uchun blokcheyn platformasining yaratilishi. Bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan universal taqsimlangan ma’lumotlar reestri bo‘lib, ma’lumotlarning shaffof saqlanishini va tranzaksiyalarni yuqori tezlikda qayta ishlashni ta’minlaydi. 2023-2024-yillar davomida platformada 1 554 875 ta blok tasdiqlandi, umumiy tranzaksiyalar soni esa 592 905 tani tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar platformaning davlat va xususiy tashkilotlar orasida yuqori talabga ega ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston kriptoaktivlar rivojlanishi sohasida dinamik o‘sishni namoyish etmoqda. Buni innovatsion loyihalarga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash va aholining texnologik savodxonlik darajasining yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Yosh mutaxassislarning katta ulushga egaligi bunga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Davlat ko‘magining UZINFOCOM kabi kompaniyalarning sa’y-harakatlari bilan uyg‘unlashuvi O‘zbekistonga nafaqat mintaqada, balki global raqamli aktivlar maydonida ham o‘z mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.