ЯНГИЛИКЛАР

31.01.2025 | 1131
.UZ domenining administratsiyasi imzolangan domenlar uchun DS-yozuvlarini avtomatlashtirdi


Endi DNSSEC bilan imzolangan domen nomlari administratorlari o‘zlarining DNS-serverlarida CDS-yozuvlarini nashr etish orqali .UZ domen registrida DS-yozuvlarini avtomatik tarzda nashr etishlari mumkin. Bu DNSSEC qo‘llab-quvvatlash jarayonini soddalashtiradi va .UZ zonasi domenlarining xavfsizligini yaxshilaydi.

Hozirda texnologiya sinovdan o‘tkazilmoqda va CDS-yozuvlari faqatgina dns1.webspace.uz, *.ns.cloudflare.com DNS-serverlaridan olinadi. Agar sizning DNS-serveringiz ushbu ro‘yxatga kirmasa, uni oq ro‘yxatga qo‘shish uchun cctld@uzinfocom.uz manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: CDS — bu DS-yozuvlarini ota-domen registrida nashr qilish uchun ishlatiladigan maxsus turdagi DNS-yozuvi. Zamonaviy DNS-serverlarining aksariyati CDS-yozuvlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, domen nomi administratoriga DS-yozuvlarini registrga qo‘lda yoki registrator orqali yuborishning hojati yo‘q, ota-zona zarur bo‘lgan kalitlarni avtomatik tarzda olib, ularni .UZ zonasiga qo‘shadi.


Texnologiya haqida batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan o‘qishingiz mumkin: https://datatracker.ietf.org/doc/html/rfc8078