ЯНГИЛИКЛАР

14.08.2025 | 98
NFT sertifikatlari — .UZ domen nomlarini himoya qilishning yangi darajasi



.UZ zonasi domen egalari Blockchain texnologiyasiga asoslangan NFT sertifikatlari xizmatidan foydalanishlari mumkin.

NFT sertifikati domen nomiga egalik qilishning eksklyuziv huquqini tasdiqlaydi va firibgarlikdan himoya qiladi. U huquqni qayta registratorga murojaat qilmasdan tasdiqlash hamda domenni yangi egasiga o‘tkazishni soddalashtiradi.

Afzalliklari:

  • Egalik huquqining kafolati — huquq markazlashtirilmagan bazada qayd etiladi.
  • Shaffoflik va ishonch — Blockchain ma’lumotlarni soxtalashtirishni istisno qiladi.


NFT sertifikatlari domen egalari uchun raqamli shaxsni tasdiqlash, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi. Bugungi kunga kelib, .UZ zonasida 1 580 ta NFT-sertifikat rasmiylashtirilgan.

Sertifikatni nft.cctld.uz orqali oling.