ЯНГИЛИКЛАР

24.09.2025 | 828
Token.uz loyihasi ICTWEEK UZBEKISTAN 2025da

Milliy .UZ domeni Ma'muriyati Toshkentda o‘tayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN 2025 doirasida innovatsion Token.uz loyihasini taqdim etmoqda.

ICTWEEK UZBEKISTAN – bu mamlakatning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim voqeasi bo‘lib, unda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi IT-kompaniyalar va ekspertlar raqamli iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari, yangi yechimlari va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Token.uz — bu blokcheyn asosidagi raqamli platforma bo‘lib, u ma’lumotlarni xavfsiz saqlash, shaffoflik va raqamli jarayonlarni boshqarishni ta’minlaydi. U shuningdek, domen nomlariga oid jarayonlarni boshqarishda, jumladan domen auktsionlarini o‘tkazishda ham qo‘llaniladi, bu yerda savdolar shaffof va barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar bilan ta’minlanadi. Platforma smart-kontraktlar va markazlashtirilmagan ilovalarni integratsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa uni biznes va davlat tashkilotlari uchun qulay qiladi.