ЯНГИЛИКЛАР 
.UZ milliy domeni yangi rekordga erishdi — 150 000 domen nomi!
UZ milliy domeni yangi rekordga erishdi — 150 000 domen nomi! ️️️ .UZ milliy domeni muhim ko‘rsatkichga erishdi — ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari soni 150 000 dan oshdi. Ushbu natija O‘zbekiston milliy internet infratuzilmasining izchil rivojlanishi va raqamli faollikning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan domenlar sonining oshishi biznes va foydalanuvchilarning milliy domen infratuzilmasiga bo‘lgan ishonchi kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Tobora ko‘proq kompaniyalar, startaplar, ta’lim loyihalari va davlat tashabbuslari internetdagi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda .UZ domenini ishonchli asos sifatida tanlamoqda. ️️
.UZ domen ma’muriyati domen ekotizimini rivojlantirish, domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakatda raqamli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. .UZ domeni milliy internet makonining muhim qismi bo‘lib, biznes, texnologiyalar va foydalanuvchilarni yagona raqamli muhitda birlashtirib kelmoqda.







