ЯНГИЛИКЛАР

29.07.2026 | 28
Bugun UZINFOCOM 24 yoshga to‘ldi!



29-iyul — biz uchun muhim sana. Mana 24 yildirki, UZINFOCOM O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shib, davlat xizmatlari, biznes jarayonlari va millionlab insonlarning kundalik hayotini qulay va zamonaviy qiladigan texnologiya hamda servislarni yaratib kelmoqda. 

Har bir amalga oshirilgan loyiha ortida insonlar — bilimi, tajribasi va rivojlanishga bo‘lgan intilishi eng yuksak g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga yordam beradigan professionallar jamoasi turibdi.

UZINFOCOM tarixining bir qismi bo‘lgan va bo‘lib qolayotgan barchaga: xodimlar, hamkorlar va yechimlarimizga ishonch bildirgan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Oldinda bizni yangi loyihalar, yangi yutuqlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda. Bu yo‘l ham shunday ishonchli, muvaffaqiyatli va ilhomlantiruvchi bo‘lsin.

Tug‘ilgan kuning bilan, UZINFOCOM!