ЯНГИЛИКЛАР
Ягона интегратор UZINFOCOM мутахассислари APTLD халқаро конференциясида DNSSEC.UZ лойиҳасини тақдим этдилар.
23 va 24-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo Tinch okeani mintaqasi yuqori darajadagi domenlar milliy assotsiatsiyasi aʼzolarining 81-konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada Yagona Integrator UZINFOCOM mutaxassislari faol ishtirok etishdi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholangan DNSSEC.UZ loyihasini taqdim etishdi.
.UZ domen zonasida DNSSEC ning joriy etilishi raqamli rivojlanish va yuqori darajadagi domenning barqaror, xavfsiz ishlashini taʼminlash yoʻlidagi jiddiy va ishonchli qadamdir. DNSSEC texnologiyasidan foydalangan holda veb-xizmatlar tarmoqdagi tranzaksiyalar xavfsizligi sifatini oshiradi.
UZINFOCOM domen zonalari maʼmuri sifatida yangi texnologiyalar va tendensiyalarni sinchkovlik bilan oʻrganadi, bir qator dastlabki sinovlarini oʻtkazadi, sertifikatlashtiradi, zarur hollarda texnik xodimlarni ham va shundan keyingina joriy etishga kirishadi.
UZINFOCOM jamoasi