ЯНГИЛИКЛАР

16.11.2022
16-17-noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida birinchi Markaziy Osiyo piring va tizimlararo aloqalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

16-17-noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida birinchi Markaziy Osiyo piring va tizimlararo aloqalar forumi bo‘lib o‘tmoqda (The Central Asia Peering and Interconnection Forum)

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida birinchi Markaziy Osiyo piring va  tizimlararo aloqalar forumi o‘z ishini boshladi.
Ushbu forumda butun dunyodan ekspertlar soʻzga chiqib, tarmoq xavfsizligi, IT xizmatlarini koʻrsatish va hokazolar boʻyicha oʻzlarining ilgʻor tajribalarini namoyish etadilar.

Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari yakuniy foydalanuvchilar uchun DNSSEC.UZ loyihasini taqdim etdi.

.UZ domen zonasida DNSSEC ning joriy etilishi raqamli rivojlanish va yuqori darajadagi domenning barqaror, xavfsiz ishlashini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy va ishonchli qadamdir.  DNSSEC texnologiyasidan foydalangan holda veb-xizmatlar tarmoqdagi tranzaktsiyalar xavfsizligini sifat jihatidan oshiradi.