ЯНГИЛИКЛАР

21.02.2023
.UZ domen zonasi Maʼmuriyati bilan .ART va .ASIA domen zonalari vakillari oʻrtasida uchrashuv

Bugun UZINFOCOM bosh qarorgohida .UZ domen zonasi Maʼmuriyati bilan .ART va .ASIA domen zonalari vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikkala kompaniyaning sun'iy intellekt (AI) va blokcheyn texnologiyasi sohasidagi ishlanmalari muhokama qilindi.

.ART domen zonasi va .ASIA domen zonasi vakillari o‘zlarining yetakchi loyihalarini taqdim etdilar.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi