ЯНГИЛИКЛАР

04.04.2023
.UZ domeni administratsiyasi tomonidan Redemption period statusidagi domen egalari uchun qulay tizim joriy qilindi

Biznesda domen nomini yo‘qotish jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun, domen Redemption period statusida bo‘lsa, nima qilish lozimligini bilish muhim hisoblanadi.

.UZ domeni administratsiyasi tomonidan Redemption period statusidagi barcha domenlarni avtomatik ravishda maxsus sahifaga yo‘naltirish uchun qulay tizim ishlab chiqildi.

Ushbu sahifada domen nomi egalari domen nomini tiklash uchun e’tibor qaratish lozim bo‘lgan, Redemption period statusi va joriy domen registratori haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Ushbu tizim tufayli domen nomi egalari har doim o‘z domenlarining statusi haqida xabardor bo‘ladi.

Domen nomlari uchun Redemption period – bu ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagandan so‘ng egasi o‘z domenini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan davr.

Redemption period to‘liq 30 kalendar kunini o‘z ichiga oladi.