ЯНГИЛИКЛАР
29-aprel – “.UZ” domenining tavallud kuni, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda NFT sertifikatlarini joriy etish loyihasi bo‘yicha tartibga solish qumdoni doirasida “.UZ” domenlari va Registratorlar uchun konferensiya!
Milliy domenni rivojlantirish va undan foydalanishda ishtirok etayotgan barcha insonlarni ushbu bayram bilan tabriklaymiz!
Bundan 28 yil avval, 1995-yil 29-aprelda “.UZ” domeni mamlakatimizga rasman taqdim etilgan.
“.UZ” milliy domeni O‘zbekiston saytlarini raqamlashtirish va jahon internet- maydonida integratsiyalashuv jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Domen hukumat, biznes, ta’lim muassasalari, shaxsiy bloglar va hamjamiyat saytlari uchun makonga aylandi.
DNSSECning yaxlitligini ta’minlash va risklarni minimallashtirish – “.UZ” saytlarining foydalanuvchilariga xavfsizlik borasida xotirjam bo‘lish imkonini beradi va xalqaro internet-hamjamiyatlarining ishonchini oshiradi.
Ammo tug‘ilgan kunlar sovg‘alarsiz bo‘lmaydi! Shu sababli, “Yagona integrator UZINFOCOM” barcha milliy domen foydalanuvchilari uchun kutilmagan sovg‘a tayyorladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ilg‘or loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi marta “.UZ” domen nomlarining egalari butun domen muddati davomida ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasi (“blokcheyn”) asosida NFT sertifikatini olishlari mumkin bo‘ladi! Ushbu qo‘shimcha himoya, onlayn-aktivlarning xavfsizligini ta’minlaydi, “.UZ” domen nomlariga bo‘lgan ishonchni oshiradi va bozorda ularning sonini ko‘paytiradi!
Muhimi, NFT-sertifikatlari domen nomlarini firibgarlikdan himoya qilishga yordam beradigan ishonchli vositaga aylanadi.
Loyihaning taqdimoti bugun, joriy yilning 28-aprel kuni “Yagona integrator UZINFOCOM” tomonidan “.UZ” domenining tavallud kuni munosabati bilan ro‘yxatga oluvchilar bilan o‘tkazilgan Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.
Bugun NFT-sertifikatlarini berish xizmati “.UZ” domenining ma’muriyati va ro‘yxatga oluvchilar o‘rtasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi Maxsus tartibga solish rejimi (Istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan o‘rnatilgan) doirasida sinovdan o‘tkaziladi.
Serverlarda sinovdan o‘tkazilib, ishga tushirilgandan so‘ng, loyiha barcha foydalanuvchilar uchun ekspluatatsiyaga topshiriladi.
Bu haqda ma’lumotlar bilan tanishish uchun https://nft.cctld.uz saytimizga tashrif buyurishingiz mumkin.
Umid qilamizki, Siz butun jamoamiz kabi ushbu loyihaning rasmiy ochilishini intiqlik bilan kutmoqdasiz!
Ma’lumot uchun
“.UZ” domeni ma’muriyati domen nomlarini ro‘yxatga olish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini markazsizlashtirish, shaffofligi va sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda, Internet tarmog‘ining milliy segmentida axborot resurslarini yaratish va rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
“.UZ” domenida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, boshqarish va ulardan foydalanish “.UZ” domenida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (Adliya vazirligi 2008-yil 23-iyundagi 1830-son) bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjat “.UZ” domenida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, shuningdek, faoliyati domen nomlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarning munosabatlarini tartibga soladi, noqonuniy xatti-harakatlardan ishonchli himoyani va “.UZ” domenini samarali tartibga solishni ta’minlaydi.
“.UZ” domeni Administratsiyasining asosiy yo‘nalishi – provayderlar tarmoqlarining turli nuqtalarida joylashgan “.UZ” domenining DNS-serverlarini texnik qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, xorijda ham “.UZ” domen nomlarini sifatli rezolvingi, ro‘yxatdan o‘tish muddatini qulay nazorat qilish xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, bozorda raqobat muhitini yaratish va ko‘rsatilayotgan ro‘yxatga olish xizmatlari sifatini oshirish, shuningdek, ICANN, IANA, APTLD, RIPE NCC va boshqa shular kabi xalqaro tashkilotlar bilan global hamjamiyatda domen nomlarining siyosati va faoliyati bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishdir.
UZNETning tavallud kuni!