ЯНГИЛИКЛАР

01.06.2023
.UZ domen nomlari uchun NFT sertifikatlarini ishga tushirish: Domenlaringizni himoya qilish va boshqarishda yangi bosqich

2023-yil 1-iyundan boshlab .UZ domenida yangi xizmat – Blockchain texnologiyasi (NFT sertifikatlari) asosidagi sertifikatlar ishga tushirildi, bu esa foydalanuvchilarga domen nomiga egalik qilishning mutlaq huquqini beradi.

Ushbu innovatsion xizmat registratorlarga qayta murojaat qilmasdan domen nomidan foydalanish huquqini tasdiqlash imkoniyatini beradi. U domen nomlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan firibgarlikdan himoya bo'lib xizmat qiladi, domen yangi egasiga o'tkazilganda unga bo'lgan huquqlarni tasdiqlash jarayonini soddalashtiradi va tezkorlikni ta'minlaydi.

Blokcheyn - bu markazlashtirilmagan ma'lumotlar bazasi bo'lib, unda ochiqlik, ishonch va foydalanishda shaffoflik muhim ahamiyatga ega. Ushbu texnologiya orqali NFT sertifikatlari vositachilarsiz xavfsiz va ishonchli tarmoq aloqasini ta'minlaydi, domen egasining shaxsini aniqlashga yordam beradi va uning domen nomidan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqini kafolatlaydi.

Ushbu xizmatning ishga tushirilishi bilan .UZ domen nomlarini boshqarish va himoya qilishni takomillashtirish borasida katta qadam tashlamoqda.
Bugundan boshlab NFT sertifikati xizmatidan .UZ domenlarining barcha egalari foydalanishi mumkin. Ushbu innovatsion tashabbusning bir qismi bo'lish va NFT sertifikatlari bilan domen nomlaringizni himoya qilish va boshqarishni yaxshilash imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

Tarixda raqamli iz qoldirishga tayyormisiz? nft.cctld.uz ga o'ting