ЯНГИЛИКЛАР
Ro'yxatdan o'tkazuvchilar “Tovar belgisidan domen nomida foydalanishning o’ziga xos jihatlari” mavzusidagi seminarda ishtirok etdilar
.Uz domen zonasini ro'yxatdan o'tkazuvchilar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” dasturi doirasida Yagona integrator UZINFOCOM ko'magida uyushtirilgan “Tovar belgisidan domen nomida foydalanishning o’ziga xos jihatlari” mavzusidagi seminarda ishtirok etdilar.
Seminar .UZ domenidagi tovar belgilarini himoya qilishni yanada yaxshilash va domen nomlarida boshqa tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar domen nomi va tovar belgisidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, kiberskvotting va uni davlat tomonidan tartibga solish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, turli kompaniyalar misolida intellektual mulk huquqlarining buzilishi holatlarini tahlil qildilar.
Eslatib o'tamiz, "Yagona integrator UZINFOCOM" MCHJ .UZ domen zonasi ma'muri hisoblanib, ildiz serverning texnik ishlashini ta’minlaydi, DNS ma'lumotlar bazasini va asosiy Reyestrni yangilaydi, "whois" servisi ishini ta'minlaydi, har qanday shaxs tomonidan to‘siqsiz qabul qilinishi ehtimoli uchun ma’lumotlar bazasini yangilaydi.
Ma’lumot uchun: .UZ domenida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, boshqarish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1830-son bilan ro‘yxatga olingan “.UZ domenida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” bilan tartibga solinadi.