ЯНГИЛИКЛАР

30.04.2024
Konferensiya yakunlari – .UZ domeni ma’muriyati o‘zining 29 yilligini yangi loyihalar bilan nishonladi

Joriy yilning 29-aprel kun Toshekent shahrida  1995-yilda tashkil etilgan ".UZ" domen zonasining 29 yilligi munosabati bilan "Yagona Integrator UZINFOCOM" MChJ tantanali tadbir tashkil etdi. Tadbirda davlat organlari, IT-kompaniyalar, internet-provayderlar, shuningdek, ".UZ" zonasidagi domenlarni ro‘yxatga oluvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida .UZ domeni ma’muriyati tomonidan amalga oshirilayotgan yangi xizmatlar va loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

"Yagona Integrator UZINFOCOM" MChJ va "O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Ushbu hujjat doirasida ".UZ" domen zonasidagi harflar va raqamlarning ommabop kombinatsiyasi bilan chiqarilgan domen nomlarining narxini bosqichma-bosqich oshirish yo’li bilan amalga oshiriladigan onlayn-auksion o‘tkaziladi.

Auksiondan tushgan mablag‘ning bir qismi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. Bu savdo ishtirokchilariga nafaqat o'zlari xohlagan domen nomlarini sotib olish, balki ijtimoiy maqsadlarga ham hissa qo'shish imkonini beradi.

Domen nomlarining auksion savdosi haqidagi barcha ma’lumotlar o‘zgarmas ma’lumotlar reyestrida – Token.uz platformasining blokcheynida saqlanadi. Bu ushbu ma'lumotlarning o'zgarmasligini va auktsion jarayoni shaffof va ishonchli bo'lishini ta'minlaydi.

Shuningdek, tadbirda .UZ/API ver.3.0 zonasidagi domenlarni ro‘yxatga olish tizimining yangilanishi taqdim etildi. APIning yangi versiyasi registratorlar uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi, ko'plab jarayonlarni soddalashtiradi va avtomatlashtiradi. Bundan tashqari, registrator va DNSSEC Automation yangilanishi uchun yangi xususiyatlar taqdim etildi. Ushbu yangilanishlar ".UZ" zonasidagi domenlarning xavfsizligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan.

Tadbir davomida blokcheyn asosidagi NFT sertifikatlari loyihasi bo‘yicha yil yakunlari sarhisob qilindi. Ushbu loyiha noyob NFT sertifikatlari yordamida domen egaligini tasdiqlash imkonini beradi. Shuningdek, hamkor ro’yxatga oluvchilarning yangilanishlari to'g'risidagi e'lonlar taqdim etilib, RDAP protokoli - domen nomlari uchun yangi ma'lumotlarni uzatish protokoli muhokama qilindi. Ro‘yxatga oluvchilar domen egalari uchun xizmatlarni rivojlantirish va yaxshilash bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Foydalanuvchilarning biometrik identifikatsiyasi mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. MyID loyihasi vakillari domenni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini soddalashtirish va xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi, shu bilan birga, foydalanuvchilarni masofaviy identifikatsiyalashdagi innovatsiyalar haqidagi yangiliklar bilan bo’lishdilar.

Tadbir voqealarga boy va qiziqarli tarzda o‘tdi. ".UZ domeni" maʼmuriyati Oʻzbekistonda internetning samarali ishlashi va xavfsizligini yaxshilash borasidagi faoliyatini namoyish etdi.

Eslatib o‘tamiz, ".UZ" domeni Markaziy Osiyoda mashhur domen hisoblanadi. O‘zining 29 yillik faoliyati davomida u o‘zbek internetining ajralmas qismiga va mamlakatning raqamli rivojlanishi ramziga aylandi.

Ushbu tadbir Oʻzbekistonning raqamli maydondagi oʻrnini mustahkamlashda muhim qadam boʻldi va axborot texnologiyalari sohasida innovatsion yechimlarni ilgari surishda ".UZ" domeni maʼmuriyatining rolini taʼkidlaydi.

".UZ" domeni ma'muriyati tadbirning barcha ishtirokchilariga uning ishiga qiziqish bildirgani uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusida samarali hamkorlikka umid qiladi.