ЯНГИЛИКЛАР

26.08.2024
.UZ domeni ma’muriyati domen nomlarini tekshirish uchun AI-yordamchini ishga tushirdi

.UZ domeni ma’muriyati o‘z ishida sun’iy intellektdan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda cctld.uz saytida domen nomlarini "aqlli" tarzda tekshirish imkoniyati mavjud. Agar siz tanlagan sayt nomi allaqachon band bo‘lsa, sun’iy intellekt yordamchisi shunga o‘xshash nom yoki ma’noga ega bo‘lgan tegishli muqobil variantlar ro‘yxatini taklif etadi. Bu funksiya bilan cctld.uz rasmiy saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

"Bu qadam O‘zbekistonda raqamli xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha doimiy faoliyatimizning bir qismidir," - deya ta’kidlashdi .UZ domen ma’muriyati xodimlari.

Fursatdan foydalanib, .UZ domen ma’muriyati barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etadi va cctld.uz saytidagi yangi imkoniyatlardan foydalanishga chorlaydi!