ЯНГИЛИКЛАР 
.UZ DOMENI MA’MURIYATI NAG CONF 2025 KONFERENSIYASIDA
2025-yil 10-aprel kuni Toshkentda IT va telekommunikatsiyalar sohasi yetakchi mutaxassislarini bir joyga to‘plagan NAG CONF 2025 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
. UZ domeni ma’muriyati "DS Automation, .UZ Experience" nomli ma’ruzani taqdim etdi. Unda DNSSEC boshqaruvini avtomatlashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z bordi. Xavfsizlik kalitlarini avtomatik boshqarish borasidagi yutuqlar namoyish etildi, bu esa milliy domen zonasining ishonchliligi va himoyasini sezilarli darajada oshiradi.
Konferensiyada bulutli texnologiyalar, axborot xavfsizligi va biznes jarayonlarini raqamlashtirish kabi mavzular yoritildi. Ishtirokchilar sohadagi dolzarb muammolar va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
. UZ domeni ma’muriyatining ishtiroki innovatsion yechimlarni joriy etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va texnologik kelajak vazifalarini hal etishda raqamli transformatsiyaning muhimligini yana bir bor ta’kidladi.