ЯНГИЛИКЛАР

04.07.2025 | 95
Endilikda auktsion sizning o‘rningizga ishlaydi!

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va Yagona Integrator UZINFOCOM hamkorlikda .UZ zonasida bo‘shatilgan domen nomlari auktsioni platformasiga domenlar savdosida qatnashishni ancha yengillashtiruvchi yangi funksiyani — avtomatik stavkani joriy etdi.

Endi savdolarni kuzatib borish va kerakli lahzani o'tkazib yuborishdan xavotirlanish shart emas. Shunchaki domen uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal summani kiriting, qolganini tizim o‘zi bajaradi.

Qanday ishlaydi:

  • Siz maksimal limitni belgilaysiz.
  • Tizim raqobatchilarning stavkalarini zarur minimal qadam bilan avtomatik oshirib boradi.
  • Avtomatik stavka siz belgilagan limitga yetguncha yoki boshqa ishtirokchilar to‘xtaguncha davom etadi.
  • Butun funksional avvalgidek saqlab qolingan, biroq endi avtomatik qayta ishlash tizimi bilan to‘ldirildi, bu esa foydalanishni yanada samaraliroq qiladi.

Bu — qulay, tez va foydali. Endi kechasi kutish, yangilashlar yoki imkoniyatlarni qo‘ldan boy berish yo‘q — siz doimo o‘yindasiz.

Funksiya platformadagi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.