ЯНГИЛИКЛАР

11.09.2025 | 276
APTLD88 a’zolari konferensiyasi, Belgrad, Serbiya

2025 yil 9–11 sentyabr kunlari Belgrad, Serbiya shahrida Osiyo-Tinch okeani yuqori darajadagi domenlar assotsiatsiyasi (Asia Pacific Top Level Domain Association — APTLD88) a’zolari 88-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim konferensiya mintaqaning turli mamlakatlaridan kelgan 50 dan ortiq APTLD a’zolarini birlashtiradi va professional muloqot, tajriba almashish hamda milliy registraturalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun platforma vazifasini bajaradi.

Konferensiyada domenlarni boshqarish sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va internet-infratuzilmani rivojlantirishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston 2019 yilda APTLD assotsiatsiyasiga qo‘shilgan bo‘lib, bu uning mintaqaviy domen sanoatini rivojlantirishdagi faol ishtirokini va domen nomlarini boshqarishda ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga intilishini ta’kidlaydi.