ЯНГИЛИКЛАР 
TLDCON 2026 O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
Xalqaro TLDCON 2025 konferensiyasining ikkinchi kunida milliy .UZ domeni Ma'muriyati vakillari keyingi, MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining yuqori darajadagi milliy domenlari administratorlari va registratorlarining 19-xalqaro konferensiyasi — TLDCON 2026 — O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilishini ma’lum qildilar.
Tashkilotchilar xalqaro texnik hamjamiyatni 2026-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdilar. Ushbu tadbir mintaqaning AKT sektorini rivojlantirishda va milliy domenlarni boshqarish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, TLDCON har yili milliy domen zonalarining administratorlari va registratorlari uchun tajriba almashish hamda ularning rivojlanishiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.