ЯНГИЛИКЛАР 
UZINFOCOM jamoasi Gonkongda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda
Gonkongda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida IT-yondoshuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan nufuzli “Coding4Integrity” Osiyo xakatoni bo‘lib o‘tdi. Tadbir turli mamlakatlardan kelgan yosh mutaxassislarni raqamli transformatsiya jarayonlariga jalb etdi.
UZINFOCOM jamoasi .UZ milliy domen ma’muriyati nomidan blokcheyn texnologiyasi asosidagi ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha innovatsion yechimni taqdim etdi. Bu yechim asosida raqamli servislar shaffofligi va ishonchini ta’minlashga qaratilgan Token.uz loyihasi yotadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UZINFOCOM jamoasi Toshkentda o‘tkazilgan “Antikorrupsiya xakatoni” tanlovida 1-o‘rinni egallagan edi. G‘alabaning bosh sovrini sifatida Gonkongga safar va Osiyo xakatoni “Coding4Integrity” xalqaro finalida ishtirok etish imkoniyati berildi.