ЯНГИЛИКЛАР 
.UZ domen Auksionida yangi funksional joriy etildi!
.UZ milliy domeni Ma'muriyati domed nomlari auksioni foydalanuvchilari uchun yangi qulay imkoniyatni joriy etdi. Endi har bir foydalanuvchi maxsus onlayn-shakl orqali “Auksion” maqomiga ega bo‘lgan o‘chirilgan domen nomini auksion savdosiga qo‘yish uchun ariza topshirishi mumkin.
Avval bu jarayon uchun call-markazga murojaat qilish talab etilgan bo‘lsa, endi esa jarayon maksimal darajada sodda va tezkor bo‘ldi — sayt orqali shaklni to‘ldirish kifoya. Ariza kelib tushgach, Ma'muriyat mutaxassislari uni ko‘rib chiqadi va so‘ngra ko‘rsatilgan domenni auksionga qo‘yadi.
Yangi funksiya domen nomlari egalariga va bo‘lajak egalariga auksion jarayonlarida faolroq ishtirok etish, o‘zlarini qiziqtirgan nomlarni tezkor taklif etish hamda muloqotga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi.Bundan tashqari, onlayn-ariza jarayonlarning shaffofligini oshiradi, auksionda ishtirok etishni yanada qulay qiladi va .UZ domen zonasida jozibador nomlar uchun sog‘lom raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
.UZ domeni Ma'muriyati xizmatlarni yanada takomillashtirib, domen nomlari bozorini ochiq, texnologik va barcha ishtirokchilar uchun qulay qilish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.