ЯНГИЛИКЛАР

27.10.2025 | 80
Qozog‘istonda «UZ» domen zonasining ildiz DNS-serveri ishga tushdi



.UZ
(UZINFOCOM) va .KZ (KazNIC) domen zonalari ma’muriyatlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi  doirasida Qozog‘iston hududida joylashtirilgan, IPv4 va IPv6 manzillarga ega «UZ» domen zonasining yangi ildiz DNS-serveri ishga tushdi.

Serverning IP manzillari quyidagicha:
IPv4: 80.241.0.234
IPv6: 2a01:7640:0:d::2
 

DNS (Domain Name System) — bu domen nomlarini Internet qurilmalari va serverlari tushunadigan IP-manzillarga o‘zgartiruvchi tizimdir. Serverlar geografiyasining kengayishi domen zonasining barqarorligi va ishlash tezligini oshiradi hamda foydalanuvchilarga .UZ zonasidagi saytlarni yanada tezroq yo‘naltirish imkonini beradi.


Yangi server Qozog‘iston hududida joylashgan bo‘lib, KazNIC’ning yuqori tezlikdagi tarmoq infratuzilmasiga ulangan. Shu orqali nafaqat Qozog‘istondagi, balki Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar foydalanuvchilari ham .UZ domen zonasidagi resurslarga minimal kechikish bilan kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Server barcha zarur texnik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va domen nomlariga oid masalalarni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot — ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) tomonidan ma’qullandi.
Qozog‘istonda ildiz DNS-serverining ishga tushirilishi milliy .UZ domen infratuzilmasini mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Uznet yanada yaqinlashdi.