ЯНГИЛИКЛАР

14.11.2025 | 86
.UZ auksioni tuzilmasini optimallashtirish



Auktsion ishini optimallashtirish maqsadida joriy toifalar tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish qaror qilindi. Endi, auktsion lotlari uchta asosiy toifada taqdim etiladi:

  • Ikki belgili domenlar
  • Uchbelgili domenlar
  • Premium toifa — bu chiroyli, jarangdor va oson esda qoladigan, ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan iborat domen nomlari bo‘lib, ular yuqori marketing salohiyatiga ega.
  • To‘rt belgili domenlar endilikda premium toifasiga kiritiladi. Ushbu toifaga faqat chiroyli, jarangdor va yodda saqlash oson bo‘lgan domen nomlari kiradi. Qolgan to‘rt belgili domenlar esa Redemption Period tugagach, erkin ro‘yxatdan o‘tish uchun ochiq bo‘ladi

Shuningdek, auksionda yangi bo‘lim — “Tavsiya etilgan domenlar” paydo bo‘ladi. Unda .UZ domeni Administratsiyasi tomonidan tanlangan, jozibali va istiqbolli domen nomlari taqdim etiladi.
Mazkur o‘zgarishlar auksion ishtirokchilarining e’tiborini haqiqatan ham noyob va ahamiyatli nomlarga qaratishga, savdolar samaradorligini oshirishga hamda toifalar bo‘yicha navigatsiyani soddalashtirishga xizmat qiladi.
Yangilangan tuzilma auksion sifatini oshirish, ishtirokchilar qiziqishini kuchaytirish va .UZ domen bozori uchun yanada shaffof hamda raqobatbardosh muhit yaratishga qaratilgan.