ЯНГИЛИКЛАР 
Token.uz — endi rasmiy tovar belgisi
UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan Token.uz blokcheyn platformasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida o‘zining tovar belgisini rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilishi Token.uz brendidan O‘zbekiston Respublikasi hududida, jumladan domen nomlarida foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqlarni tasdiqlaydi hamda milliy qonunchilikka muvofiq uning huquqiy himoyasini ta’minlaydi.
Mazkur qadam raqamli texnologiyalar bozorida platformaning mavqeini mustahkamlaydi, foydalanuvchilar va hamkorlar ishonchini oshiradi, shuningdek ekotizimni yanada rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy asos yaratadi.
Bu Token.uz blokcheyn platformasi va mamlakat blokcheyn ekotizimi rivojidagi muhim bosqich bo‘lib, barqaror o‘sish, shaffoflik va barcha huquqiy talablarga qat’iy rioya etishga intilishni yaqqol aks ettiradi.









