ЯНГИЛИКЛАР 
.UZ domeni ma’muriyati ICANN86 Policy Forum’da ishtirok etdi
.UZ domeni ma’muriyati vakillari 2026-yil 8–11-iyun kunlari Ispaniyaning Sevilya shahrida bo‘lib o‘tgan 86-ICANN forumida ishtirok etdilar. Mazkur forum internet hamjamiyatining turli vakillarini birlashtirib, internet tarmog‘ini rivojlantirish, domen industriyasi va internet boshqaruvi sohasidagi siyosatlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Forum doirasida .UZ domeni ma’muriyati vakillari milliy yuqori darajali domenlar (ccTLD), internet infratuzilmasining barqarorligi va xavfsizligi, shuningdek, global internet boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuvlar, mavzuli sessiyalar va professional muhokamalarda qatnashdilar.
Alohida e’tibor milliy yuqori darajali domenlar operatorlarining xalqaro hamjamiyati bilan hamkorlik masalalariga qaratildi. ccNSO vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda .UZ domeni ma’muriyatining ICANN tashabbuslaridagi ishtiroki, o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda xalqaro professional hamjamiyat faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Forumning muhim voqealaridan biri ICANN’ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik bo‘yicha yangi menejeri Seher Sagiroglu bilan tanishuv bo‘ldi. Samarali suhbat davomida tomonlar hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildilar, mintaqa internet ekotizimini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar hamda kelgusidagi hamkorlik rejalari bo‘yicha kelishib oldilar.
Shuningdek, forum davomida .UZ domeni ma’muriyati vakillari ICANN vitse-prezidenti Chris Mondini bilan uchrashdilar. Ushbu uchrashuv xalqaro internet hamjamiyati vakillari bilan professional aloqalarni mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Forumdagi ishtirok milliy domen zonalarini boshqarish bo‘yicha zamonaviy xalqaro tajribalar bilan tanishish, milliy registraturalar, sohaviy tashkilotlar va ekspertlar hamjamiyati vakillari bilan professional aloqalarni kengaytirish, shuningdek, .UZ domen infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun qimmatli tajriba orttirish imkonini berdi.




_1781501750.jpg)









