ЯНГИЛИКЛАР

01.09.2026 | 28
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!



.UZ milliy domeni ma’muriyati O‘zbekistonning barcha aholisini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy, ilmiy, madaniy va texnologik salohiyatini mustahkamlab, ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun O‘zbekiston yoshlar, biznes va jamiyat uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ishonch bilan olg‘a intilmoqda.

Yurtimizga tinchlik, barqarorlik, farovonlik va yangi yutuqlar, har bir oilaga esa baxt-saodat, osoyishtalik va ertangi kunga ishonch tilaymiz.

Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin, O‘zbekiston!

Yurtimiz bundan buyon ham izchil rivojlansin, uning raqamli kelajagi yanada ochiq, xavfsiz va innovatsion bo‘lib borsin!

#Mustaqillik35 #Uzb35