ЯНГИЛИКЛАР
29 aprel — .UZ domen zonasining tug‘ilgan kuni: milliy domen zonasi rivojlanishining yangi bosqichi
2024-yil 29-aprel kuni O‘zbekistonda .UZ milliy domenining 29 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. UZINFOCOM Yagona integrator tomonidan tashkil etiladigan tadbirda raqamli texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, .UZ domen zonasining muvaffaqiyat va yutuqlarini muhokama qilishadi hamda bir qator innovatsion loyihalarni taqdim etishadi.
Tadbir davomida .UZ domeni ma’muriyati milliy domen zonasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi loyihalar ishga tushirilishi haqida e’lon qiladi. Asosiy yangiliklar doirasiga registratorlar uchun yangilangan domen nomlarini ro‘yxatga olish tizimi; va domen nomlarini boshqarish va imzolash uchun avtomatlashtirilgan tizim – DNSSEC Automation kiradi.
Shuningdek, .UZ domeni maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqilgan NFT sertifikatlari loyihasi natijalari hamda domen nomlari haqida maʼlumot almashish uchun RDAP protokolini joriy etish boʻyicha soʻnggi yangiliklar taqdim etiladi.
"Ushbu qadamlar milliy Internet resurslarini boshqarishda ochiqlik, innovatsiyalar va xavfsizlik tamoyillariga sodiqligimizni ko’rsatadi. O'zbekiston xalqaro maydonda ilg'or texnologiyalarni faol targ'ib qilmoqda, bu bizga global raqamli hamjamiyatdagi rolimizni mustahkamlashga imkon beradi", — dedi UZINFOCOM vakili.
2003-yil mart oyidan boshlab .UZ milliy domenini boshqarish huquqi ICANN Internet korporatsiyasi bilan kelishuvga ko'ra UZINFOCOM Yagona integratoriga tegishli hisoblanadi. Bugungi kunda .UZ zonasida ro'yxatdan o'tish xizmatlarini 28 ta tashkilot taqdim etmoqda.
.UZ domen zonasi xalqaro standartlarga mos resurslarni taqdim etish va global raqamli hamjamiyat bilan faol hamkorlikni qo'llab-quvvatlash orqali o’zbek interneti rivojining ramzi bo'lib kelmoqda. UZNET bugungi kunda biznes, savdo, ta'lim, aloqa va o'yin-kulgining jadal rivojlanayotgan sohasidir.
Ma’lumot uchun.
".UZ " domeni ma'muriyati markazsizlashtirish, shaffoflikni oshirish va domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish sifatini yaxshilash maqsadida zarur choralarni ko'radi, Internet tarmog'ining milliy segmentida axborot resurslarini yaratish va rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshiradi.
". UZ " domeni zonasida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish, boshqarish va ulardan foydalanish ‘’".UZ" domenida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi’’ Nizom bilan tartibga solinadi (reg. 2008-yil 23-iyundagi 1830-son). Ushbu hujjat ".UZ" domenida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, shuningdek faoliyati domen nomlariga bevosita ta'sir ko'r- satadigan shaxslarning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda ".UZ" domenini noqonuniy xatti-harakatlardan ishonchli himoya va samarali tartibga solishni ta' minlaydi.
".UZ" domen ma'muriyatining asosiy yo'nalishlariga ".UZ" domen nomlarini sifatli tarzda boshqarish uchun provayderlar tarmoqlarida, shu jumladan chet ellarda joylashgan ".UZ " domeni DNS-serverlarini texnik qo'llab-quvvatlash, ro'yxatga olish muddatini qulay nazorat qilish, bozorda raqobat muhitini yaratish va taqdim etilayotgan ro'yxatga olish xizmatlari sifatini oshirish, shuningdek, ICANN, IANA, APTLD, RIPE NCC va boshqalar kabi xalqaro tashkilotlar bilan jahon hamjamiyatidagi domen nomlari siyosati va faoliyati masalalari bo'yicha hamkorlik qilish kiradi.
Tavallud ayyoming muborak bo’lsin, UZNET!