ЯНГИЛИКЛАР 
17 893 500 so‘m evaziga HUB.UZ — domen auksioni bo‘yicha yangi rekord!
Domen auksionida rekord darajadagi bitim qayd etildi - hub.uz domen nomi 17 893 500 so‘mga sotildi. Yakuniy narx ochiq savdolar jarayonida shakllanib, unda ishtirokchilarning real talabi hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Ushbu natija bugungi kunda domen nomlari bozor mexanizmlari asosida qiymatga ega bo‘ladigan raqamli aktiv sifatida qaralayotganini tasdiqlaydi. Auksion esa ularning qiymatini aniqlashda eng shaffof va samarali vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, auksion faqat rekordlar bilan cheklanmaydi — u aniq loyiha, brend yoki biznes vazifasi uchun mos domen nomini tanlash imkonini beradi va bu jarayon amaldagi bozor sharoitlariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ko‘plab ishtirokchilar uchun auksion kerakli domen nomi o‘z egasini topadigan muhim maydonga aylanmoqda.







