ЯНГИЛИКЛАР

02.07.2026 | 75
Aloqa operatorlari, internet-provayderlar, tizim administratorlari hamda DNSSEC texnologiyasidan foydalanuvchi barcha tashkilotlar diqqatiga



ICANN 2026-yil 11-oktabrga
rejalashtirilgan ildiz DNSSEC imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) almashtirilishi toʻgʻrisida xabar berdi.

KSK almashtirilishi (KSK Rollover) global Domen nomlari tizimi (DNS) xavfsizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta'minlashga qaratilgan rejalashtirilgan jarayondir. Mazkur o'zgarish, ayniqsa, DNSSEC tekshiruvini amalga oshiruvchi rekursiv DNS rezolverlaridan (validating recursive resolvers) foydalanadigan tashkilotlarga taalluqlidir, xususan:

  • Trust Anchor (ishonch tayanchi) qo'lda sozlangan bo'lsa; 
  • eskirgan dasturiy ta'minotdan foydalanilsa; 
  • DNSSEC uchun maxsus konfiguratsiyalar qo'llanilgan bo'lsa.

Zarur yangilanishlar o'z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, 2026-yil 11-oktabrdan so'ng domen nomlarini aniqlash (DNS resolution) jarayonida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan barcha manfaatdor tashkilotlarga o'z infratuzilmasining tayyorligini oldindan tekshirish, Trust Anchor avtomatik yangilanishi mexanizmi to'g'ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish hamda zarurat bo'lsa, dasturiy ta'minot va DNSSEC konfiguratsiyasini yangilash tavsiya etiladi.

KSK Rollover jarayoni, texnik tavsiyalar, amalga oshirish jadvali, ko'p beriladigan savollar bo'yicha batafsil ma'lumot hamda operatorlar uchun tayyorlangan videorolik bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: