ЯНГИЛИКЛАР

29.03.2023
K-root serverini O‘zbekistonda ishga tushirish bo‘yicha loyiha

28-mart kuni Yerevanda boʻlib oʻtgan Universal Acceptance Day tadbirida “Yagona integrator UZINFOCOM” mintaqaviy registrator RIPE NCC (https://www.ripe.net/) bilan tashqi K-root serverini ishga tushirish boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Ildiz serverning yaqin joyda mavjudligi ma’lum domen nomining IP-manzilni aniqlashga sarflangan vaqtni sezilarli darajada qisqartiradi.

O‘zbekistonda K-root serverining o‘rnatilishi domen nomlari tizimining nosozliklarga chidamliligini va uning barqaror ishlashiga qaratilgan.  Loyihaning amalga oshirilishi - global DNS muhim infratuzilmasining geografik taqsimotini kengaytiradi va uning DDoS-hujumlarga bo‘lgan chidamliligini oshiradi.